Mashhur modeler Yevropadagi eng qimmatbaho villani sotuvga qo‘ydi

Light 20:14 / 27.02.2020 11249

The Sun nashrining yozishicha, Palais Bulles (Pufaklar saroyi) deb nomlanuvchi villani sotish bilan Christies International Real Estate kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Foto: Flickr

Villa antiqa arxitekturaga egaligi evaziga shunday atalgan. Undagi inshootlar o‘tkir burchaklarga ega bo‘lmay, shakliga ko‘ra pufaklarni eslatadi. Villa 1975-1989 yillar davomida vengriyalik arxitektor Antti Lovaga loyihasi bilan qurilgan, Karden esa uni uyning sobiq egasi vafotidan keyin 1990-yillar boshida auksionda sotib olgan. 

Foto: Flickr

Villaning bosh binosi maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil qiladi. Unda 10 ta yotoqxona va 11 ta sanuzel mavjud. Villa hududida 3 ta basseyn, bog‘lar, okeanga qaragan 500 kishilik amfiteatr bor. 

Ta'kidlash joiz, modeler ushbu villani 2015 yilda 300 mln funt sterlingga sotishga uringan. Biroq o‘shanda villaga xaridor chiqmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: