Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot 09:07 / 26.02.2020 7132

2020 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 2,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 251,9 mln. dollarga kamaydi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, TSAda eksport hajmi 1,2 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati – 4,9 foiz) va import hajmi 1,6 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati – 8,7 foiz) yetdi. Hisobot davrida - 373,8 mln. dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. 

O‘zbekiston jahonning 129 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,5 foiz), Rossiya Federatsiyasida (16,0 foiz), Qozog‘istonda (7,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,5 foiz), Turkiyada (5,7 foiz), Afg‘oniston (1,7 foiz) va Germaniyada (1,6 foiz) qayd etilgan. 

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (48,3 mln. AQSh dollari), Turkiya (26,9 mln. AQSh dollari) Tojikiston (18,6 mln. AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi (14,3 mln. AQSh dollari), BAA (4,3 mln. AQSh dollari) va Eron (2,3 mln. AQSh dollari). Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. 

2020 yil yanvar oylida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 33,7 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasining o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi 9,1 foizni tashkil etdi. 

Ko‘proq yangiliklar: