Sirdaryoda ikki kishi is gazidan vafot etdi

Jamiyat 14:05 / 26.02.2020 9814

Sirdaryo viloyatida ikki nafar fuqaro is gazidan vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 26 fevral kuni soat 09:20da Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Madaniyat MFYdagi uylarning birida, xonadonga o‘rnatilgan «AGV» isitish pechidan is gazi sizib chiqqan.

Qayd etilishicha, oqibatda ikki nafar fuqaro - 2000 yilda tug‘ilgan S. K. va 2004 yilda tug‘ilgan S.Sh.lar zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda, holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Farg‘onada ikki kishi is gazidan vafot etgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: