Qushbegi Plaza -Toshkent shahridagi yana bir zamonaviy va mahobatli, barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan mehmonxona. 75ta xonadan iborat Qushbegi Plaza mehmonxonasi bir vaqtning o‘zida 150 mehmonga xizmat ko‘rsata oladi.
Standart, de-lyuks va lyuks toifali xonalarda mehmonlar dam olishlari uchun eng yuksak talablar asosida shart-sharoitlar barpo qilingan.
Xonalarning har biri alohida sovitish tizimiga ega, 43 dyuymli LCD televizor, elektron qulf va xonaga kirish kartochkasi, shahar va xalqaro yo‘nalishda qo‘ng‘iroq qilish imkonini beruvchi telefon mavjud.
Mehmonxona tun-u kun qo‘riqlanishiga qaramay, har bir xonadagi elektron seyf hujjatlar va pullaringiz yanada ishonchli saqlanishini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, mehmonni uyg‘otib qo‘yish xizmati, xonadagi minibar qo‘shimcha qulayliklar hisoblanadi.
Qolaversa, mehmonxona mijozlari Qushbegi Plaza bo‘ylab bepul Wi-Fi hududidan foydalana olishadi. Shu bilan birga, sog‘lomlashtirish klubi, sauna, massaj, cho‘milish havzasi xizmatlari xona narxiga kiritilgan.
Mehmonxonaning yuqori qavatlarida, shuningdek, shaharni tomosha qilish imkonini beruvchi xonalar mavjud.
Shu bilan bir vaqtda, mehmonxonaning O‘rta yer dengizi, Yevropa va O‘zbek milliy taomlarini tortiq qiluvchi restoranida tantanalar, oilaviy bazmlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo. 2- va 8-qavatdagi Konferens-zallarda turli tadbirlar, yig‘ilishlar, biznes-uchrashuvlarni bemalol tashkil eta olasiz.
Ha, aytgancha, bugungi har qanday mehmonxona qulaylik darajasi shahar infratuzilmalariga naqadar yaqinligi bilan ham o‘lchanadi. Qushbegi Plaza esa, Toshkent xalqaro aeroporti va Janubiy temir yo‘l vokzali, Avtovokzalga yaqin, shahar markaziga borish sanoqli daqiqalarni oladigan hududda joylashgani bilan mehmonlar e'tiborini qozonishi shubhasiz.
Mexmonxona xizmatlarini sifatli tashkillashtirish uchun Hotel Pro konsalting jamoasining malakali ekspertlari jalb kilindi. Jamoa tomonidan 300 dan ortik xodim suxbatdan utkazilib, 80 tasi saralab olindi va ularga mexmoxona xizmatlari buyicha ko‘nikmalar berildi.
Batafsil ma'lumot:
Sayt: www.qushbegiplaza.uz
Feysbuk: fb.com/qushbegiplazahotel/
Instagram: instagram.com/qushbegi.uz/
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi
Telefon:
+99878 113 00 77
+99878 113 00 70
Reklama huquqi asosida