Farg‘onada tez yordam mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi, ikki kishi shifoxonaga yotqizildi

Jamiyat 11:12 / 26.02.2020 9392

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 12:30larda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yashovchi N.M. “Farg‘ona shifo” tez yordam avtoxo‘jalik korxonasiga tegishli bo‘lgan “Nissan” rusumli transport vositasini 4K920 avtomobil yo‘lida boshqargan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u 4R112 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahaga kelganda, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi yo‘liga chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

Buning oqibatida R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina ag‘darilib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, ushbu yo‘lda harakatlanib kelayotgan D.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Natijada haydovchi R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchilar T.R. va A.S. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: