Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
Hududlararo hamkorlik forumida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin ishtirok etadi.

Foto: Sputnik
25-26 fevral kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma'lumot almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu forumda ikki mamlakat hududlaridagi ishbilarmon doiralar vakillari, viloyat hokimlari o‘rtasida uchrashuv, yetakchi korxonalar mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, tadbirda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

15:20 / 08.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi

17:46 / 07.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumati rahbarlari uch davlat chegarasida uchrashadi

08:11 / 19.12.2024