Xonadondagi sandiq ichidan 13 500 dollarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Jamiyat 08:43 / 24.02.2020 7746

Samarqand shahar Nurafshon mahallasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan R.S.ning yashash xonadoniga noma'lum shaxs derazasini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxs uyda bo‘lgan sandiq ichidan jami 13.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyat Past Darg‘om tumani Shombuloq mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan X.Q. sodir qilganligi aniqlanib, undan 2.000 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: