Toshkentda noqonuniy qurol va psixotrop dorilarni olib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 12:09 / 24.02.2020 11786

Joriy yilning 16 fevral kuni Uchtepa tumani 7-sonli IIBga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi 4-batalon 3-otryadi xodimi safdor Q.Ahmedov va Milliy gvardiya xodimi taxminan soat 20:30larda o‘z hududlarida xizmat olib borayotgan vaqtlarida, Uchtepa tumani 14-mavzesi 1-uy oldida noma'lum shaxs ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib, o‘z harakatlarida shubha uyg‘otgan.

Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, xodimlar uni tekshirmoqchi bo‘lgan vaqtlarida qochib ketmoqchi bo‘ladi, lekin tezkorlik natijasida ushlanib, shu joyning o‘zida tintuv o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, unda kostyumining yon cho‘ntagidan “Pnevmatik” pistolet, 3 dona “Tropikamid” va 4 dona “Regaped” nomli psixotrop dori vositasi borligi aniqlanib, Uchtepa tumani 7-sonli IIBga olib borib shaxsi tekshirilgan. Ushbu shaxs Yashnobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.Z. ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: