Qashqadaryoda firibgarlik sodir etgan shaxsga sud hukmi e'lon qilindi

Jamiyat 15:14 / 24.02.2020 5266

2019 yil oktabr oyi boshlarida 32 yoshli Z.Z. tanishi 40 yoshli K.X.ning ishonchiga kirib, o‘z yer maydonida qurilish ishlarini bajarish uchun 2019 yil dekabr oyigacha qaytarish sharti bilan 7.000.000 so‘m pullarni olib, va'dasini bajarmasdan o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u 34 yoshli Sh.N.ning ishonchiga kirib, o‘zining tanishlari orqali 350 AQSh dollari evaziga Qarshi shahrida joylashgan qurilish obektlariga ishga kiritib qo‘yishini aytib, Sh.N.dan 350 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.Z.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining  2020 yil 3 fevral kunidagi hukmiga ko‘ra, Z.Z. aybdor deb topilib, tergov jarayonida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini inobatga olib, unga nisbatan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: