O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida va OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, u farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgani hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgani aytiladi. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.