Rossiyada O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi

Jamiyat 11:16 / 22.02.2020 11976

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma'lum qilishicha, 2020 yilning 18 fevral kuni Krasnodar shahridagi qurilish obektlaridan birida O‘zbekiston fuqarosi M.A. balandlikdan yiqilib tushib vafot etgan.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, 19 fevral kuni Volgograd oblasti Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida birida O‘zbekiston fuqarosi Sh.J. halok bo‘lgan.

Mazkur fojiali vaziyatlar bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-863-285-50-57.

Bundan oldin, Xabarovskda O‘zbekiston fuqarosi vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: