Andijonda «Tig‘» tadbiri doirasida 356ta tig‘li buyum olindi

Jamiyat 14:48 / 22.02.2020 7677

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan tuman-shaharlarda o‘tkazilayotgan “Tig‘” profilaktik tadbirlari natijasida joriy yilning shu kuniga qadar 356 ta tig‘li predmetlar olingan. 

Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlar davomida ushbu tig‘li predmetlar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari yetkazish mumkin bo‘lgan sovuq qurol sifatida saqlanganligi aniqlanmoqda. Pichoqlardan tashqari kastet, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari ham olib qo‘yilgan.

Tadbirlar davomida yonidan tig‘li jismlar olingan shaxslar ertasi kuni oila a'zolari, mahalladoshlari ishtirokida muhokama qilinib, ularning tig‘li predmetlarni olib yurish sabablari bo‘yicha tarbiyaviy ishlar kuchaytirilmoqda. 

Xususan, Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX bataloni xodimlari tomonidan “Tig‘” profilaktik tadbiri doirasida 2020 yilning shu kuniga qadar Andijon shahri hududidagi aholi gavjum bo‘lgan maskanlarda, o‘quv muassasalarida, ko‘chalarda xamda korxona-tashkilotlarda jami 44 marotaba profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Ko‘proq yangiliklar: