Yunusoboddagi ayrim manzillarda ichimlik suvi ta'minoti o‘chiriladi

Jamiyat 13:09 / 21.02.2020 3098

Joriy yilning 21 fevral soat 20:00 dan 22 fevral soat 10:00 gacha Yunusobod tumani ”Zenit” va  "Bo‘zsu" inshooti hududidagi ichimlik suvi quvurida profilaktika ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ayrim manzillarda istiqomat qiluvchi iste'molchilar vaqtinchalik tarmoqdan uziladi.

Manzillar: 

“Yangi shahar” mahallasi; 
“Otchopar-2” mahallasi; 
Chinobod ko‘chasi;
DXX izolyatori;
“Chinobod” sanatoriysi.

Qayd etilishicha, "Suvsoz" DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: