Samarqand viloyati miqyosida o‘tkazilayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatda “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari 1 fevral kunidan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
O‘rganishlar davomida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda ahamiyatli bo‘lgan 4823 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlandi. Jumladan, 120 ta ota-onalarning o‘z majburiyatlarini bajarmaslik holati, 164 ta yengil tan jarohat yetkazish, 265 ta mayda bezorilik, 545 ta jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste'mol qilish, 15 ta fohishalik bilan shug‘ullanish, 114 ta ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, 15 ta ma'muriy nazorat qoidalarini buzish, 3585 ta yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanib, ulardan 607 fuqaroga tegishli transport vositalari jarima maydonchalariga qo‘yilgan.
Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan 149 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tadbir davomida fuqarolardan 81 ta (78 ta pichoq, 2 ta kastet, 1 ta bita) noqonuniy predmetlar olingan.
Qayd etilishicha, viloyat bo‘ylab tadbirlar davom etmoqda.