Qashqadaryoda firibgarlik sodir etgan va qidiruvda bo‘lgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat 14:05 / 21.02.2020 7503

Fuqaro 2019 yil 18 noyabr kuni ushlangan, ammo tergov jarayonida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi sababli ehtiyot chorasi almashtirilgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan

2019 yil 25 oktabr kuni Qarshi shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan firibgarlik holati yuzasidan 53 yoshli F.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, F.A. 37 yoshli Sh.Ch.ning (ayol) ishonchiga kirib, unga 32.000.000 so‘m evaziga har biri 6 sotixdan bo‘lgan ikkita yer maydonini sotishni va'da qilib, faqat bir yer maydonini 16.000.000 so‘m evaziga sotib, ikkinchi yer maydonini sotmasdan, 8.200.000 so‘mini qaytarib, qolgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, shunday aldov yo‘li bilan 60 yoshli A.A.ni ham aldab, 16.000.000 so‘m evaziga 6 sotix yer maydonini sotishni va'da qilib, pullarni olib va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yashiringan. 

Shu sababli, 2019 yil 6 noyabr kuni F.A.ga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Ko‘rilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida F.A. 2019 yil 18 noyabr kuni ushlangan, ammo tergov jarayonida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi sababli unga nisbatan tanlangan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

2020 yil 20 yanvar kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Qarshi tumani sudi tomonidan F.A. aybdor deb topilib, yetkazilgan zarar qoplanganligini inobatga olgan holda unga 10 oy 24 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: