Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari hamda meva-sabzavot klasterlari qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Iqtisodiyot 21:33 / 21.02.2020 7338

Vazirlar Mahkamasining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha moliyaviy manbalari etib: 

O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mablag‘lari;

tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb etilgan kreditlari belgilandi.  

O‘rnatiladigan tartibga ko‘ra, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha moliyaviy manbalari intensiv bog‘ barpo etish va issiqxona qurish hamda ularni lizing va kredit shartlari asosida berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Belgilanishicha, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini barqaror rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan manzilli dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan kelishiladi;

loyiha tashabbuskorlariga barpo etilgan intensiv bog‘ va qurilgan issiqxonalar Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq lizing va kredit shartlari asosida beriladi.

Qoraqalpog‘isgon Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda intensiv bog‘ barpo etish va issiqxona qurish bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlarini aniqlaydi va 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturlarni tasdiqlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: