Agrobiologiya fakulteti TDAU tarkibida mustaqil yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi

O‘zbekiston 09:48 / 20.02.2020 1392

Toshkent davlat agrar universitetini 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Agrobiologiya fakultetini Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaxs sifatida tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bunda xorijiy tajribalar asosida Agrobiologiya fakultetini universitet tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaxs sifatida tashkil etish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi. 

Mas'ul ijrochilar - o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (Islomov), xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor (A.Abduvosiqov), moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor (Sh.Sattorov).

Ko‘proq yangiliklar: