Hasanjon Muhamadovich Ahmedov 1984 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini bank ishi va menejment yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
U 2015—2019 yillarda «Xalq banki»ning turli departamentlarida direktor va filial boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019 yildan shu kunga qadar u «Xalq banki» Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq «Xalq banki» boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nizomiddin Abbosov Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktabr oyi oxirida «Xalq banki» boshqaruvi raisi Murodilla Eshmatov lavozimini tark etib, uning o‘rnini Farhod Salomov egallagandi.
Murodilla Eshmatov «Mikrokreditbank» rahbarligiga tayinlangan, ammo 2020 yilning yanvar oyida bu bank rahbarligidan ham ketgan, ko‘p o‘tmay unga qarshi jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.