Azizbek Ikromov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston 16:45 / 19.02.2020 54679

Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov zimmasiga yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasi ham yuklatildi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Azizbek Ikromovga yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklangan.

U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan general-mayor Azizbek Isroilovich Ikromov 2017 yildan Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil noyabrida esa Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga aylangandi.

18 fevral kuni «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekistonda yangi vazirlik - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzildi.

Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi Rahmat Mamatov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullandi.

Ko‘proq yangiliklar: