Jinoiy sudlarda bolalar uchun alohida tergov xonalari bo‘ladi

O‘zbekiston 16:38 / 18.02.2020 4860

Bolalar tergov xonasi O‘zbekiston Oliy sudi va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Bolalar odatda qat'iy rusumlar bilan salbiy notada o‘tadigan sud majlisi vaqtida, sud ishtirokchilarining qarshisida emas, ularning yoshi va ruhiy xolati hisobga olingan holda jihozlangan xonada tergov qilinishi ularga o‘zlarini erkin va xavfsiz sezishlariga imkon beradi.

Endilikda jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo‘lgan bola sud muhokamasida faqat sudya bilan gaplashib, sud ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lmaydi.

Bolalarga ruhiy shikast yetkazilishi ehtimolini kamaytirish maqsadida xona video va audio kuzatuv tizimi bilan jihozlangan.

Ochilish tadbirida qatnashgan Oliy sud raisi Kozimjon Komilovning aytishicha, bunday xonalar respublikaning barcha sudlarida tashkil etilishi reja qilingan.

Shuningdek, endilikda sudlarda psixologlar xizmatidan foydalanish ham joriy etiladi.

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi raxbari Sasha Graumann bolalar tergov xonasining ijobiy jihatlarini sanab o‘tdi.

«Bu xonaning tashkil etilishi bola huquqlari bo‘yicha BMT qo‘mitasining bolalarni himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha O‘zbekistonga yo‘llagan tavsiyalarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Agar jinoyat qilgan bola sudga kelsa, unga savollar bilan murojaat qilinadi. U yana qaytadan shu jinoyatni boshidan o‘tkazgandek bo‘ladi. Buning oldini olish uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgan.

Yo‘riqnomaga asosan, sud jarayonlarida bola faqat sudya bilan muloqot qilishi kerak. Sudning boshqa ishtirokchilari, ayblanuvchilar bilan muloqotga kirishmasligi kerak.

Bola bilan qayta-qayta suhbat qilishning oldini uchun so‘roq jarayoni videotasvirga olinadi va sud jarayonida dalil sifatida foydalaniladi.

Bu qoida O‘zbekistonning Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilishiga umid qilib turibmiz.

Yana bir narsa: bola bilan shu xonada bo‘ladigan mutaxassis va suhbat qiladigan sud raisi tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bu yangilik sud tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», – dedi Sasha Graumann.

Ko‘proq yangiliklar: