1 apreldan o‘zini oqlamagan soliq imtiyozlari bekor qilinadi

O‘zbekiston 15:29 / 18.02.2020 22975

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, 2020 yilning 1 aprelidan iqtisodiyotda normal raqobat muhitini shakllanishiga xalal berayotgan imtiyozlar bekor qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvarga qadar amalda bo‘lgan Soliq kodeksida soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi me'yorlar 380 tani tashkil qilgan. Yangi tahrirdagi kodeks qabul qilinishi jarayonida imtiyozlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Natijada o‘zini oqlamagan me'yorlar bekor qilinib, ularning soni 301 taga kamaytirildi.

Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan (ta'lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat) soliq imtiyozlari saqlab qolindi.

Shuningdek, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar muddati tugaguniga qadar amal qilishi belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: