«Hududiy elektr tarmoqlari» Samarqandda tadbirkorlarning yoppasiga tarmoqdan uzilishiga munosabat bildirdi

Jamiyat 18:59 / 17.02.2020 4082

Unda ko‘plab samarqandlik tadbirkorlar bir vaqtda tarmoqdan uzilgani haqida gap borgan

 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 22-son qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalanish» qoidalariga ko‘ra yuridik shaxslar elektr energiyasi uchun to‘lovni oldindan to‘lagan holda faoliyat yuritadi.

Shunga ko‘ra tadbirkorlik sube'ktlari 100 foiz oldindan hisob raqamlari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan elektr energiyasi uchun haq to‘lash tartibi o‘rnatilgan. Samarqanddagi holatda yangi ASKUE tizimiga ulangan tadbirkorlar elektr energiyasi uchun yetarli to‘lov bo‘lmaganligi sababli avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilgan.

Shanba va yakshanba O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan tartibga ko‘ra bank tizimida dam olish kunlari bo‘lgani uchun bu kunlarda elektr energiyasi uchun to‘lovni faqatgina elektr tarmoqlari orqali amalga oshirish mumkin.

Shu o‘rinda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tadbirkorlikka yengillik yaratish maqsadida ASKUE tizimiga qarzdorlik mavjud bo‘lsa-da, shanba va yakshanba kunlari tarmoqdan ajratmaslik funksiyasi kiritilganini eslatib o‘tmoqchimiz.

Tadbirkorlar tomonidan Click, Paynet va bank orqali elektr energiyasi uchun to‘lov imkoniyatlari hozircha nazarda tutilmagan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, yuridik shaxslar faqatgina hisob raqamlari orqali elekt energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari uchun to‘lov tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganligini ma'lum qilamiz»,— deyiladi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Kun.uz`ga taqdim etgan rasmiy javobida.

Ko‘proq yangiliklar: