Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: 2021 yildan boshlab davlatga g‘alla sotish rejasini to‘liq bekor qilamiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Hozirgi vaqtda ham urug‘ va ko‘chatni chetdan katta mablag‘ evaziga olib kelyapmiz. Bu biz kutgan natijani bermadi, bermayapti. Negaki, hech qaysi davlat bizga eng zo‘r, sara urug‘ni yetkazib bermaydi. Xo‘sh, nima qilish kerak?
Endi hokimlar ortiqcha majlisbozlikni yig‘ishtirib, yoniga yerning tilini biladigan, ilm bilan shug‘ullangan olimlarni olishi kerak. O‘zimizning iqlimimizga mos, sharoitimizga to‘g‘ri keladigan urug‘-ko‘chatlarni yaratishimiz lozim.
Biz qishloq xo‘jaligida inqilobiy harakatlarni boshladik. Sohaga klaster kirib keldi. Endi g‘alla va paxta xomashyosini davlat fermerdan erkin bozor narxida sotib olishi haqida gapiryapmiz. Biz bu jarayonni ikki bosqichda amalga oshirmoqchimiz. Masalan, joriy yilda yetishtiriladigan hosildan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan g‘alla hajmi 35 foizga kamaytiriladi.
Ya'ni, bu yil respublika bo‘yicha qo‘shimcha 1 million tonna g‘alla fermerlar ixtiyorida qoladi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Endi o‘zida qoladigan yuz tonna g‘allani saqlash uchun fermerning sharoiti bormi? O‘zi bilan hamkorlik qiladigan, qayta ishlab chiqaradigan korxona bilan shartnomasi bormi? Bu savollar endi hokimlarimizni qiynashi kerak.
2021 yildan boshlab davlatga g‘alla sotish rejasini to‘liq bekor qilamiz», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025