Surxondaryo viloyatida poyezd va «Damas» to‘qnashdi

Jamiyat 12:26 / 11.02.2020 19869

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatiga ko‘ra, “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. harakatlanayotib, qalin tuman tushganligi sababli yo‘ldan chiqib ketgan va birinchi bo‘lim qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l obektida poyezd bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.  

Ko‘proq yangiliklar: