«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etilishi rivojlanishning yangi ufqlarini ochmoqda

Iqtisodiyot 17:45 / 11.02.2020 2017

Tashkil topganidan beri sug‘urta sektorini rivojlantirishda faol ishtirok etib, 25 yil davomida sug‘urta bozorida yetakchi kompaniya bo‘lgan «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi ijobiy rivojlanish dinamikasini namoyish etgan holda 2019 yil uchun asosiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta'minladi.

O‘tgan yil mobaynida tovarlar va xizmatlarning milliy eksportchilariga 1009,8 mln AQSh dollari miqdorida sug‘urta taqdim etildi, butun 2018 yil mobaynida esa bu ko‘rsatkich 8,6 mln dollar edi.

2019 yil yakunlari bo‘yicha «O‘zbekinvest» kompaniyasi 281,5 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlarini yig‘ib, 2018 yil yakunlariga nisbatan 166% ga o‘sgan holda sug‘urta bozorida yetakchilik mavqeini mustahkamladi.

Aholining sog‘lig‘i va mol-mulkini sug‘urta himoyasi bilan ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan faol ishlar, shuningdek, bozorga yangi, hozirgi vaqtda dolzarb sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish natijasida 45,2 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlanib, 2018 yil bilan solishtirganda 173% ga o‘sdi.

2019 yilda yuridik va jismoniy shaxslar bilan 643400 ta sug‘urta shartnomalari tuzildi, shu orqali kompaniyaning mijozlar bazasi 155 foizga kengaydi.

2019 yilda kompaniya tarkibida jismoniy shaxslarga kompleks sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadigan «Sayohat» – xorijga ketayotgan shaxslarni sug‘urta qilish markazi ochildi.

O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab, mamlakatning barcha aholisiga internet orqali onlayn sug‘urta qilish imkoniyatini beruvchi kompaniyaning yangi loyihasi – insurance.uz o‘z ishini boshlagan bo‘lib, loyiha aholi orasida eng mashhur 15 ta sug‘urta mahsulotini taqdim etadi.

2019 yilda uzluksiz ta'lim konsepsiyasini amalga oshirish davom ettirildi, uning doirasida kompaniyaning 946 nafar xodimi hamda sug‘urta agentlari xorijiy va milliy o‘quv markazlarida ta'lim olishdi va malaka oshirishdi.

2019 yilning dekabrida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi (AQSh) «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta Kompaniyasi moliyaviy barqarorligini «Barqaror» prognozi bilan «B1» dan «Ba3» darajasigacha oshirganligini rasman e'lon qildi. Natijada, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston bank-moliya sohasida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Ba3» moliyaviy barqarorlik reytingi taqdim etilgan birinchi kompaniya bo‘ldi.

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 46-sonli qarori qabul qilindi, unda «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bu o‘zgarish xalqaro standartlar ko‘magida korporativ boshqaruvni sezilarli darajada yaxshilashga, xalqaro moliya institutlarini kompaniyaning ustav kapitaliga jalb qilishga, xalqaro va ichki sug‘urta hamda qayta sug‘urta bozorida faoliyatni kengaytirishga hamda yetakchi xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta brokerlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.

Joriy yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida sug‘urta sohasida aytib o‘tilgan vazifalardan kelib chiqib, yangi 2020 yil Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida «O‘zbekinvest» kompaniyasi sug‘urta sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab oldi.

Xususan, mazkur yilda milliy eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish ko‘zda tutilgan, yosh tadbirkorlar va tadbirkor ayollarni har tomonlama sug‘urta bilan ta'minlashga katta e'tibor beriladi, bundan tashqari, raqamli onlayn sug‘urta xizmatlarini taqdim etish jarayonini kengaytirish, shuningdek, doimiy ravishda kadrlar, ayniqsa yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini to‘liq amalga oshirish maqsadida Sug‘urta maktabi» ochish rejalashtirilgan.

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: