Koronavirus qurbonlari soni atipik zotiljamdan vafot etganlar sonidan oshib ketdi

Jahon 08:42 / 09.02.2020 45804

8 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga ko‘payib, 811 nafarga yetdi. Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 81 kishi, Xenanda 2 kishi, Xebey, Xeylunszyan, Anxuey, Shandun, Xunan va Guansi-Chjuan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan.  

Kasallanganlar soni 37198 nafarga yetgan, 2649 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoydan tashqarida Hongkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd qilingan.

Bir kun avval Xitoyda virus qurbonlari soni 722 nafarni, kasallanganlar 34,5 ming nafarni tashkil qilayotgani ma'lum qilingandi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2003 yil 31 dekabrga ko‘ra, SARS’dan o‘lim holatlari deyarli 30 davlatda qayd qilinib, qurbonlar soni 774 nafarni tashkil qilgan.   

Ko‘proq yangiliklar: