Koronavirus sababli 400dan ortiq kompaniyaning daromadi pasayib ketishi ma'lum qilindi

Jahon 23:14 / 08.02.2020 9946

Amenity Analytics kompaniyasi yangi turdagi koronavirusning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta'sirini kuzatib boruvchi tizimni ishga tushirdi. Tizim kompaniyalarning ushbu virus tilga olingan bayonot va hisobotlarini tahlil qiladi.

Ma'lum qilinishicha, 421ta kompaniya joriy yilning birinchi choragidagi daromadlari to‘g‘risidagi hisobotlarida Xitoyda tarqalgan koronavirus moliyaviy natijalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan. Bu kompaniyalarning 394tasi AQShda joylashgan. 

Koronavirusning salbiy ta'siri haqida eng ko‘p xavotir Xitoydagi yirik tezkor ovqatlanish tarmog‘i bo‘lgan Yum China korporatsiyasi tomonidan bildirilgan. Uning boshqaruvida KFC, Pizza Hut va Taco Bell kabi brendlarga qarashli restoranlar mavjud.

Moda sohasida esa Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH), Capri Holdings va Estee Lauder kabi kompaniyalar virusning salbiy ta'siri haqida so‘z yuritgan.

Shuningdek, koronavirusning birinchi chorakdagi salbiy ta'siri to‘g‘risida Apple, Nike, Starbucks, McDonald's kabi yirik kompaniyalar ham ma'lum qilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni qariyb 35 mingga yetgan, 700 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: