Yaponiyada karantinga qo‘yilgan kruiz layneridagi 61 kishida koronavirus aniqlandi

Jahon 10:39 / 07.02.2020 14029

Bu haqda Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi. Avvalroq kruiz layneridagi 20 kishida koronavirus aniqlangani ma'lum qilingandi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, yana 41 kishida koronavirusga test ijobiy natija bergan. Barcha kasallanganlar Tokiodagi tibbiyot muassasasiga yetkaziladi.

Diamond Princess 20 yanvarda Yaponiyaning Iokogama shahridan Kagosima-Hongkong-Okinava yo‘nalishi bo‘yicha ikki haftalik kruizga jo‘nagan. Sayohat 4 fevralda tugashi kerak bo‘lgan. Biroq Hongkongda tushgan yo‘lovchilardan birida koronavirus aniqlangach, 3 fevralda kema Yokogama portida barcha yo‘lovchilarni tekshirish uchun qoldirilgan. 

Ayni vaqtda kema bortida 2666 sayyoh va ekipajning 1045 a'zosi qolmoqda. Kemaga egalik qiluvchi Princess Cruises kompaniyasida ta'kidlanishicha, Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi kemani Yokogama portida 14 kunlik karantinda qoldirishni talab qilgan.    

Ko‘proq yangiliklar: