Istanbul aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida uchga bo‘laklanib ketdi
Istanbuldagi Sabiha Go‘kchan aeroportiga qo‘nish vaqtida bortida 177 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi.

Bu haqda CNN Turk nashri xabar berdi. Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 738 samolyoti qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lakchasida to‘xtay olmay, undan 60-70 metrga chiqib ketgan va 40 metrlik jarlikdan pastga qulab, uchga bo‘laklanib, yonib ketgan.
Samolyot bortida 171 yo‘lovchi va ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan. Hech kim halok bo‘lmagan, biroq 52 kishini shifoxonaga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.
Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga samolyotning qo‘nishi vaqtidagi kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 18 atrofida yuz bergan voqeadan keyin aeroportda parvozlar vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Mavzuga oid

09:27
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

17:10 / 07.03.2025