2019 yil oxirida O‘zbekistonda xarid qobiliyati pasaygan

Iqtisodiyot 17:54 / 05.02.2020 11648

Markaziy bank O‘zbekiston aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari - 2019 yil IV choragi bo‘yicha sharh e'lon qildi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 2019 yilning IV choragida aholi daromadlari oshishiga qaramasdan, xarid qobiliyati pasayganini ko‘rsatdi. Xususan, mazkur davrda respondentlarning 76 foizi daromadi oshganini qayd etdi (2018 yil IV choragida - 70 foiz). Biroq, daromadi inflatsiya darajasidan past darajada oshganini qayd etganlarning ulushi 43 foizgacha o‘sdi.

Shu bilan birga, aholining daromadi oshishi bilan bog‘liq kutilmalari biroz pasayish kuzatildi. O‘rta muddatli istiqbolda daromadlari o‘sishini kutayotgan respondentlarning ulushi 2 foiz bandga qisqarib, 75 foizni tashkil qildi. 

Tadbirkorlarning kelgusidagi ish haqi bilan bog‘liq kutilmalarida keskin o‘zgarishlar qayd etilmadi. Ularning asosiy ulushi (47 foizi) ish haqini 10-20 foizga oshishini kutmoqda.

2019 yilning IV choragida aholining jamg‘arish kayfiyatida sarflashga bo‘lgan ehtiyojning tobora o‘sishi kuzatildi. Mazkur davrda respondentlar tomonidan hozirgi vaqt yirik xaridlar uchun qulay fursat ekanligi tez-tez ta'kidlab o‘tildi (yil boshida 11 foizdan yil oxiriga 16 foizgacha o‘sish). Shuningdek, jamg‘armalarini tadbirkorlikka ishlatishini qayd etgan respondentlarning ulushi 42 foizgacha qisqardi. Bu, asosan, joriy inflatsiya hamda iqtisodiyotdagi noaniqliklar yuqoriligi ta'sirida shakllandi.

Ko‘proq yangiliklar: