Xorazmda «tramadol» sotuvchilar ushlandi

Jamiyat 10:53 / 04.02.2020 4518

2020 yilning 27 yanvar kuni taxminan 10:00larda Bog‘ot tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvand vositalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tadbir jarayonida 45 yoshli T.R. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan vaqtida, T.R.ning yonida 1 ta konvalutadagi 10 dona “Tramadol” tabletkalari, 48 yoshli M.O.ning yonida “Tramadol” yozuvli 14 ta konvalutadagi 140 dona “Tramadol” tabletkalari va T.Q.ning yonida 1 ta konvalutadagi 4 dona “Tramadol” tabletkalari borligi aniqlangan. 

M.O. o‘zining tanishi 39 yoshli G.R.dan 15 ta konvaluta “Tramadol”ni 1.700.000 so‘m evaziga sotib olgan, undan 4 dona tabletkani tanishi T.K.ga tekinga hadya qilgan va 10 dona tabletkani 160.000 so‘m evaziga T.R.ga sotib, tabletkalarning qolganlarini esa o‘tkazish maqsadida yonida saqlab qo‘ygan. Aniqlangan narsalar ashyoviy dalil tariqasida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, tadbir davomida 39 yoshli G.R. 10 ta konvaluta “Tramadol”ni jami 1.200.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida G.R.ning yonida yana 3 ta konvalutadagi 30 dona “tramadol” tabletkalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda fuqarolar M.O. va G.R. protsessual tartibda ushlanganlar. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: