Birja orqali 5,5 mlrd so‘mlik 12,6 kg oltin sotildi. Oltinning birja kotirovkasi 1 gramm uchun 435,2 ming so‘mni tashkil etdi. Kumushning sotilish hajmi 132,5 kg ga teng bo‘lib, uning qiymati 605,7 mln so‘mga yetdi. Kumushning 1 gramm uchun o‘rtacha narxi esa 4 600 so‘mga teng bo‘ldi.
2020 yil yanvar oyida birja orqali tadbirkorlar tomonidan 330 mln so‘mdan ortiq qiymatida 700 gramm oltin sotib olingan. Joriy yilning yanvar oyi uchun 1 gramm oltinning o‘rtacha narxi 476,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Qimmatbaho metallar 2019 yil mart oyidan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja savdolari orqali sotila boshlangan.
Qimmatbaho metallarning boshlang‘ich narxi Markaziy bankning birja bitimi tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha milliy valutada London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining so‘nggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi.
2019 yil martdan dekabrgacha bo‘lgan davrda Londonning qimmatbaho metallar bozori uyushmasining fiksing narxi 1302,2 AQSh dollaridan 1523,0 AQSh dollarigacha, ya'ni 17 foizga o‘sgan.
Birja bozorida “Olmaliq KMK” AJ qimmatbaho metallarni sotuvchisi sifatida ishtirok etmoqda. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar, hamda zargarlik buyumlar ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarning xaridorlari hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: troy unsiyasi qimmatbaho metallarning savdosida asosiy o‘lchov belgisi sifatida foydalaniladi. Bir troy unsiyasi 31,1 grammga teng.