Amazon dunyoning eng yirik reklama beruvchisiga aylandi

Iqtisodiyot 22:21 / 04.02.2020 7118

GroupM tahliliy kompaniyasi rahbari Brayan Vizerning ta'kidlashicha, Amazon hisobiga dunyodagi barcha reklama xarajatlarining 2 foizi to‘g‘ri keladi.

Amerikalik tadbirkor Jyeff Bezos tashkil etgan kompaniyaning reklama xarajatlari oxirgi o‘n yillikda 20 marotaba oshgan. Vaholanki, kompaniyaning 2009 yilda reklamaga xarajatlari 593 mln dollarni tashkil qilgan ekan. 

Umuman olganda, kompaniyaning 2019 yilda marketingga umumiy sarf-xarajatlari 18,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bunga reklamaga sarflangan 11  mlrd dollar va boshqa xarajatlar, jumladan marketing va savdo bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga oylik maosh kiradi.   

Amazon’ning eng yirik bozorlari – AQSh, Germaniya, Britaniya va Yaponiya hisoblanadi. Amazon oxirgi yillarda yirik mediaxoldingga aylanib, reklama berish bilan bir qatorda o‘z saytida reklama uchun joylarni taklif qiladi. Bundan kompaniya 14,1 mlrd dollar foyda olgan. Amazon hozirda raqamli reklama sotish bo‘yicha Google, Facebook va Alibaba kompaniyalaridan keyin dunyoda 4-o‘rinni egallamoqda. 

Avvalgi eng yirik reklama beruvchi hisoblangan Procter & Gamble kompaniyasining 2019 yilda reklamaga xarajatlari 350 mln dollargacha kamayib, 6,8 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: