«Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi» hamkorlikka chorlaydi

Jamiyat 11:00 / 01.02.2020 1860

Turizm sohasida raqobat va mijozlar talablari oshib borayotgan bir paytda Markaziy Osiyo va Janubi-sharqiy Osiyodagi biznes vakillari o‘zlarining turistik ekotizimlarini yaxshiroq tushunish ikkala mintaqadagi xalqaro turistik biznesning barqaror o‘sish sur'atini yaxshilash uchun o‘zaro hamkorlik qilmog‘i zarur.

Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O‘zbekiston xalqaro sayyohlik biznesi sohasiga ilk qadamlarini qo‘yayotgan bir paytda, turizm industriyasi vakillari va manfaatdor tomonlar bu borada yuqori tajriba va salohiyatga ega Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari kabi tajribali hamkorlardan mijozlar, ya'ni sayyohlarning qanday qilib talab va istaklarini tushunish, shu talablarga mos kelish, istaklarini ortig‘i bilan bajarishni o‘rganish zarur.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi industriya vakillari bilim va tajribaga ega bo‘lgach, ularni hududlarda xalqaro turistik biznesning barqaror o‘sish sur'atini ta'minlash maqsadida o‘z ekotizimlarini yaxshilashni o‘z oldilariga maqsad deb qo‘yishadi.   

2019 yilning dekabr oyida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti va Buxoro davlat universiteti Singapurning S.E.A. BusinessCentrePte. Ltd. (O‘zbekiston-Singapur turizm markazi) bilan hamkorlikda dunyoda yagona – «Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi» (CASEA-InTouReC)ga asos solindi. 

Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti markazning bosh ta'lim muassasasi bo‘lib, Buxoro davlat universiteti esa magistrlik bo‘limi hisoblanadi. Barcha intellektual mulk qonun doirasida Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan.

«Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi» – yagona va barqaror ravishda o‘z turistik ekotizimlarini yaxshilash maqsadida hamkorlik qiladigan universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasidagi barcha turistik ekotizim vakillari uchun akademik, xolistik, ya'ni umumlashgan, tijorat markazlari tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi.

«Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi»ning tarmog‘i sifatida O‘zbekistonda bosh ofis va magistrlik bo‘limini tashkil qildi. Markaz keyingi 5 yil davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida, Markaziy Osiyoning 6 davlati, aynan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘ulistonda, Janubi-sharqiy Osiyodagi 10 davlat - Singapur, Malayziya, Indoneziya, Tailand, Filippin, Vetnam, Kambodja, Myanma, Laos, Bruneyda o‘z filiallarini (litsenziyalangan modeli) ochishni rejalashtirmoqda.

«Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi» Singapurda keng qo‘llaniladigan «Model A-T-U» omad formulasidan foydalanadi. Ushbu formula konsalting, maslahat berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, biznes-treninglar shaklidagi startaplar, kundalik turistik faoliyatdagi bilim va ko‘nikmalardan foydalanish, ilmiy daraja olish, professional ta'lim dasturlari, sertifikatsiya orqali talaba va xodimlarni o‘qitish, hamkorlikdagi izlanish va tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan xalqaro turizmning zamonaviy tendensiyalari haqida bilimga ega bo‘lishni nazarda tutadi. 

Biz, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasidagi turli davlatlarning turizm sohasida faoliyat yuritayotgan barcha industriya vakillari, tadqiqot markazlari va universitetlarni taklif qilamiz va CASEA-InTouReC akademik, xolistik, ya'ni umumlashgan, tijorat va tadqiqot markazlari tarmog‘iga birlashishga chaqiramiz.

Quyidagi manzil bo‘yicha bizga murojaat qilishingizni so‘raymiz: info@CASEA-InTouReC.org

Ushbu hujjat 2020 yil 31 yanvar kuni hamkorlikda chop etildi. Samarqand, «Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi» shtab-kvartirasi, «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti.

Bosh direktor: prof. To‘rayev Bahodir Hotamovich;

Bosh moliyaviy direktor: Urs Shvars;

Bosh ijrochi direktor: Rudi Fang «Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo turizmi xalqaro tadqiqot markazi» magistrlik bo‘limi.

Buxoro davlat universiteti

Bosh direktor: Sobirjon Ro‘ziyev;

Bosh moliyaviy direktor: Urs Shvars;

Bosh ijrochi direktor: Rudi Fang.

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti
faoliyatini ilgari surish bo‘limi

Ko‘proq yangiliklar: