Cambridge Assessment English 2020-yildan O‘zbekistondagi nodavlat o‘quv markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Jamiyat 15:00 / 01.02.2020 4765

Dunyoga mashhur IELTS va CEFR imtihonlarining muallifi bo‘lgan Cambridge Assessment English (Dunyodagi eng nufuzli Kembridj Universitetining bir qismi) va uning O‘zbekistondagi Rasmiy Test Markazi – Innovative Centre (UZ 050) 2020 yildan boshlab O‘zbekistondagi o‘quv markazlari bilan keng ko‘lamdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu hamkorlik, Cambridge Assessment English’ning Markaziy Mintaqadagi yaqin istiqbolli strategiyasining bir qismi bo‘lib, ingliz tilini o‘rganishni jadal rivojlantirishni nazarda tutadi.

Mazkur hamkorlik dasturi qatnashchisi bo‘lgan o‘quv markazlari Official Cambridge Preparation Centre maqomi va  Cambridge Englishdan maxsus ID- raqamga ega bo‘lishadi va dunyoning eng ilg‘or universitetlardan biri bo‘lgan Cambridge University ning eng zamonaviy metodikasi asosida ta’lim jarayonlarini o‘tkazish imkoniyatiga, o‘qituvchilari uchun esa Cambrige University Press da chop etilgan metodik qo‘llanmalar va zamonaviy pedagogik materiallar bilan dars o‘tishiga imkon beradi.

Hamkorlik dasturiga qo‘shilgan markaz o‘qituvchilari TESOL, CELTA va Cambridge Teaching Qualifications doirasida xalqaro tan olingan sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda o‘quv markazi tinglovchilari Cambridge CEFR (B2,C1) imtihonlarini markazning o‘zida topshirish imkoniga ega bo‘ladi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, hozirgi kunda ta’lim sohasida kiritilgan o‘zgarishlar natijasida Cambridge CEFR B2 va C1 darajalari Davlat Test Markazi tomonidan o‘tkaziladigan B1, B2 va C1 imtihonlar qatorida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul qilinadi. Bu esa abituriyentlarga CEFR imtihonlarini har oyda topshirish imkonini beradi.

Mazkur hamkorlik dasturiga qo‘shilishni istagan o‘quv markazlari Cambridge Assessment English’ning akkreditatsiya o‘tgan markazi – Innovative Centre’ning elektron pochta manzili info@innovativecentre.org ga rasmiy murojaat qilishlari mumkin. 

Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum Cambridge Assessment English va o‘quv markazi o‘rtasida tuziladi va «Official Cambridge Preparation Centre» maqomi va markazlar uchun ajratilgan maxsus portalga kirish imkonini beradi. Bu dastur ko‘plab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qitish samaradorligini oshirib, o‘qituvchi va tinglovchilar bilim malakasini jahon standartlari darajasida oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil ma’lumot uchun:

Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 95A-uy.

Sayt: https://www.innovativecentre.org/, www.cambridgeenglish.org

Telefonlar:

+99895 5090106
+99899 5910106

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: