«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etildi 

Iqtisodiyot 15:35 / 31.01.2020 5157

“O‘zbekinvest“ eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi “O‘zbekinvest“ eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etildi. 

“O‘zbekinvest” EISK” AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi bo‘yicha aksiyador huquqi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘tkazildi.

“O‘zbekinvest” EISK” AJning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

eksportni sug‘urta bilan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks xizmatlarni, shu jumladan xaridorning krediti, qisqa muddatli debitorlik qarzi, yetkazib beruvchining krediti, tasdiqlangan akkreditiv, eksportchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun berilgan kredit, eksport faktoringini va eksportni sug‘urta bilan qo‘llab-quvvatlashning boshqa instrumentlarini taqdim etish; xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kiritiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarning kompleks sug‘urta himoyasini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq boshqa sug‘urtalash turlarini amalga oshirish; xorijiy mamlakatlarning eksport-kredit agentliklari, sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan tijorat va siyosiy xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish;

xalqaro, xorijiy va mahalliy sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda sug‘urta va qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish.

Ko‘proq yangiliklar: