Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi u rahbarlik qiluvchi Tesla kompaniyasi kapitallashuvi ortgani sababli bir soat ichida 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Blooomberg agentligi xabar berdi.
Kompaniya aksiyalari narxi Nyu-York fond birjasida dastlab 2,49 foizga ko‘tarilib, 580,99 dollarga yetgan, so‘ngra yana 12 foiz qimmatlashib, 649 dollarni tashkil qilgan.
Kompaniya kapitallashuvi ortishi Mask boyligining 36 mlrd dollargacha yetishiga olib kelgan.
Hozirda tadbirkorga Tesla’ning 22 foiz aksiyasi tegishli.
26 yanvarda Maskning boyligi Tesla kapitallashuvi ortgani ortida bir haftada 2,1 mlrd dollarga, umumiy hisobda yil boshidan 5,4 mlrd dollarga ko‘paygani ma'lum qilingandi.
Tesla Motors kompaniyasi 2003 yilda tashkil etilgan, u elektromobillar va ular bilan bog‘liq texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, kompaniya batareyalar va elektrodvigatellar ishlab chiqaradi.