To‘liq ta'mirlash va GRP ishlaridan so‘ng 28 yanvar kuni Ilonli-1 qudug‘idan kunlik debiti 100 ming kub.m gaz va 25 t neftni tashkil etgan uglevodorodlar oqimi olindi.
Ayni paytda gaz yetkazish infratuzilmasi kengaytirilib, O‘zbekneftgaz hamkorligida «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishida quvurlar tortilmoqda.
29 yanvar holatiga ko‘ra jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 135,9 ming tn;
- Keltirilgan quvurlar – 94,1 ming tn;
- Kavlangan zovurlar – 169,2 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 219,8 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 126,3 km ni tashkil etdi.
(EDC – Epsilon Development Company)
EPSILON (EDC) Matbuot xizmati