Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus delegatsiyasi va Cotton Campaign koalitsiyasi vakillari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan tanishdi
Belarusning «Bellegprom» davlat konserni raisi Tatyana Lugina boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Belarus to‘qimachilik sanoati vakillarining O‘zbekistonga tashrifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi ko‘magida tashkil etildi.
Tashrif dasturi doirasida Belarus delegatsiyasining «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borishi, qator korxonalar va kompaniyaning filial do‘konlariga tashrif buyurishi, Kor-Uz To‘qimachilik texnoparki faoliyati bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi bilan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun foydalanilmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi, xususan, Belarus tomoni quyidagi takliflarni bildirdi:
- «Bellegprom» konserni korxonalari ehtiyojlari uchun kalava ip sotib olish;
- sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tarmoqlararo aloqalarni mustahkamlash, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish;
- O‘zbekistonda «Bellegprom» konserni korxonalarining do‘konlarini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqish.
2019 yil yakunlariga ko‘ra, Belarus Respublikasiga to‘qimachilik eksporti hajmi 24 million dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumatining taklifiga binoan, «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi delegatsiyasi ham O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Delegatsiya tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Xususan, 29 yanvar kuni xalqaro koalitsiya delegatsiyasi Toshkent shahri, Bektemir tumanida joylashgan «GLOBAL TEXTILE SOLUTIONS Ltd» to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi.
«Global Textile Group» rahbari delegatsiya a'zolariga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan «Fergana Global Textile» paxtachilik-to‘qimachilik klasteri faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Cotton Campaign vakillari joriy yilning birinchi yarmida «Fergana Global Textile» to‘qimachilik majmuasi va paxtachilik klasteriga tashrif buyurishlarini qayd etishdi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

16:33 / 29.04.2019
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga e'lon qilingan boykot 2020 yil boshida bekor qilinishi mumkin

11:10 / 14.12.2018
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Rossiya bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi

11:30 / 17.08.2018
Hukumat to‘qimachilik korxonalari uchun paxta sotib olish shartlarini yengillashtirdi

17:55 / 30.07.2018