O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotining YeI, Koreya va Xitoy bozorlariga kirishini kengaytirishga harakat qilmoqda

Iqtisodiyot 17:55 / 30.07.2018 3627

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya va Xitoy bozorlariga kiritishni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Kun.ux muxbiri.

«Biz tashqi bozorlarga chiqish ustida doimiy ravishda ishlamoqdamiz. Birinchi navbatda, bu - Yevropa Ittifoqi kabi yirik va qiziqarli bozor. O‘tgan yili «to‘qimachilik bayonnomasi», deb atalgan hujjat ratifikatsiya qilindi, hamda bozorni o‘zimiz uchun kengaytirdik. Ikki oy oldin, bizning delegatsiya Bryusselda bo‘lganida, ushbu imkoniyatni kengaytirish uchun muzokaralar jarayonini boshladi, ya'ni maxsus preferensiyalar rejimini taqdim etish», - «O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi vakili.

Uning aytishicha, Koreya va Xitoy Xalq Respublikasi bilan ham shunday ish olib borilmoqda. «Biz ishlab chiqaruvchilarga qiziqish uyg‘otadigan bozorlarga kirishni kengaytirish ustida ishlamoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz - tayyor mahsulotni yetkazib berish», - deya ta'kidladi uyushma vakili. Bundan tashqari, Afg‘oniston istiqbolli bozor sifatida ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Sheriklik va Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga «To‘qimachilik bayonnomasi» 2017 yil 1 iyulda kuchga kirdi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, «to‘qimachilik bayonnomasi»ning joriy etilishi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama savdoni to‘qimachilik mahsulotlari savdosini oshirish orqali yanada kengaytirishni ta'minlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: