Pokistondagi zavodda yong‘in chiqishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:22 / 28.01.2020 3058

Pokistonning Lahor shahridagi zavodda yong‘in chiqishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo tv telekanali xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in pardoz-andoz buyumlari ishlab chiqariluvchi zavodda gaz balloni portlashi oqibatida yuz bergan. Alanga zavod yonidagi turarjoy binosiga o‘tgan. Yong‘in oqibatida zavod va uyning tomi qulab tushgan. 

Ta'kidlanishicha, vayronalar ostida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.      

Yong‘inni o‘chirishda 10 ta o‘t o‘chirish guruhi ishtirok etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: