Koronavirusga chalinganlarni davolashga bir-ikki hafta vaqt ketishi ma'lum qilindi

Jahon 12:21 / 28.01.2020 19163

Yangi turdagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun bir haftaga yaqin vaqt talab qilinadi, og‘irroq holatlarda esa ikki hafta kerak bo‘ladi, dedi Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ekspert guruhi a'zosi Li Sinvan.

"Hozirda yengil simptomli bemorlar bir hafta ichida tuzalmoqda, jiddiyroq bemorlar tuzalishi uchun ikki haftacha vaqt kerak bo‘ladi", - dedi Li Sinvan.

Qo‘mita bergan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 4515 nafarga yetgan, ulardan 106 nafari vafot etgan, 60 kishi tuzalib, shifoxonadan chiqqan.

Xitoydan tashqari, Hongkong, Makao, Tayvan, Tayland, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya va Germaniyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: