Chiroqchida odam o‘ldirishda gumon qilinayotgan IIB xodimlari qamoqqa olindi

Jamiyat 10:43 / 27.01.2020 79361

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot xizmati viloyatning Chiroqchi tumanida mol o‘g‘riligida gumon qilingan shaxs IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«2020 yilning 23 yanvar kuni soat 01:50da Chiroqchi tumanning Langar qishlog‘ida sodir etilgan chorva mollari o‘g‘riliklarini fosh etish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlikda gumon qilinib Chiroqchi tumani IIO FMB binosiga olib kelingan Yu.A vafot etgan.

23 yanvar kuni mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan O‘zR JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Tergov davomida jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan. 

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot berilishi aytilgan.

23 yanvar kuni viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chiroqchi tuman IIB rahbari Fazliddin Yusupov tumanning Langar qishlog‘idagi mol o‘g‘riligida gumon qilinganlar to‘dasi qo‘lga olinganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: