Koronavirus sababli Xitoydagi yana bir shahar yopildi

Jahon 14:56 / 26.01.2020 14860

Koronavirus tarqalishi xavfi sababli 27 yanvardan Guandun provinsiyasidagi Shantou shahriga kirish taqiqlandi. 

Ma'lum qilinishicha, Shantou shahriga avtomobil va suv transporti hamda piyodalarning kirishi taqiqlanadi. Shahardagi rayon va uyezdlarni bog‘lab turuvchi yo‘llar yopiladi.

Ayni vaqtda parklar, do‘konlar, bozorlar va boshqa ijtimoiy obektlarga kirishda barchaning tana harorati o‘lchanmoqda. Ayrim joylarga himoya niqobisiz kirish taqiqlangan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, virusdan vafot etganlar soni 56 kishiga yetgan, koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 1975 nafarni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: