Britaniyada «Brekzit» sharafiga esdalik tangalari muomalaga chiqariladi 

Jahon 21:17 / 26.01.2020 3830

Britaniyada mamlakatning 31 yanvarda Yevropa Ittifoqidan chiqishi munosabati bilan 50 penslik esdalik tangalari muomalaga chiqariladi. Bu haqda Sky News nashri xabar berdi.  

Foto: Sky News​​​​​

Britaniya moliya vazirligi dastlab tangalarni muomalaga chiqarishni “Brekzit”ning avvalgi taxminiy sanasi – 31 oktyabrga buyurtirgan. Biroq “Brekzit”ning keyinroqqa qoldirilishi milliontaga yaqin tanganing eritilishiga va zarb etilishini Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi yangi sanasi tasdiqlanmaguncha qoldirilishiga olib kelgan.      

Yangi tangalarda “Barcha davlatlar bilan tinchlik, farovonlik va do‘stlik” yozuvi va 2020 yil 31 yanvar sanasi joylashtirilgan.

31 yanvarda 3 mlntaga yaqin yangi tanga, keyinroq esa yana 7 mlnta tanga muomalaga kiritiladi.

Ko‘proq yangiliklar: