Uxandagi vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelinadi – Abdulaziz Komilov

O‘zbekiston 14:35 / 25.01.2020 36038

Yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30dan ortiq o‘zbekistonlik talaba vatanga qaytariladi.

Bu haqda ma'lum qilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bu borada aniq sanalarga to‘xtalmadi.

«Hozir ular bilan birga ishlayapmiz. Qaytamiz, deyishsa, qolinglar deya olmaymiz-ku, to‘g‘rimi? Albatta, ularni olib kelamiz. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga, ular kelishlari bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi», – dedi TIV rahbari 25 yanvar kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.

Ta'kidlash o‘rinliki, 23 yanvardan boshlab Uxan shahri karantinda bo‘lib, shaharga kirish va undan chiqish taqiqlangan – barcha aviareyslar, temir yo‘l qatnovlari to‘xtatilgan, jamoat transporti ishlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, epidemiya qurbonlari soni 41 nafarga yetgan. Koronavirus 1200dan ortiq bemorda qayd etilgan bo‘lib, ulardan 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: