«Ertagayoq yo‘qoting!»: OAVda Trampning Ukrainadagi sobiq elchi iste'fosini talab qilgan yozuv paydo bo‘ldi

Jahon 12:50 / 25.01.2020 13319

AQSh ommaviy axborot vositalarida AQSh prezidenti Donald Trampning ovoziga o‘xshash ovozli odam AQShning Ukrainadagi sobiq elchisi Mari Yovanovichning iste'foga chiqarilishini talab qilgan audioyozuv paydo bo‘ldi. Ushbu audioyozuvni ABC telekanali e'lon qildi.  

OAVda ta'kidlanishicha, Tramp bilan suhbat ishtirokchilari uning shaxsiy advokati Rudi Julianining biznes-hamkorlari Lev Parnas va Igor Fruman bo‘lgan.

Manbalarning ma'lum qilishicha, suhbat 2018 yil bahorida Trampga tegishli mehmonxonada bo‘lib o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, yozuvda Parnas va Fruman Trampga Yovanovich u haqida salbiy fikrlar bildirayotganini ma'lum qilishgani, shundan keyin Tramp achchiqlanib, elchining iste'fosini talab qila boshlaganini eshitish mumkin.

“Undan xalos bo‘ling! Ertagayoq yo‘qoting. Menga baribir. Yo‘qoting. OK? Buni bajaring”, deb buyurgan Tramp.

Ta'kidlanishicha, Ukrainada Julianining topshiriqlarini bajargan Lev Parnas Yovanovich haqidagi so‘zlari bilan Trampning achchig‘ini keltirgan. Tadbirkor go‘yoki Trampga Yovanovich har bir qulay vaziyatda uning impichment qilinishini aytayotganini xabar qilgan.

Oq uyda ABC’ga ushbu ma'lumot rad etilmagan va prezident o‘z ma'muriyatining uning fikriga qo‘shilmaydigan har bir a'zosini lavozimidan bo‘shatishga haqli ekani ta'kidlab o‘tilgan. 

Yovanovich 2016 yilda avvalgi prezident Barak Obama vaqtida AQShning Ukrainadagi elchisi etib tayinlangan. Diplomat 2019 yil mayda uni layoqatsizlikda ayblagan Trampning talabi bilan o‘z lavozimini tark etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: