2019 yilda bir yil oldingiga nisbatan 2 barobar ko‘p tadbirkorlik sub'yekti ochildi

O‘zbekiston 11:35 / 24.01.2020 2255

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida 2019 yilda erishilgan qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sanab o‘tdi.

«Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub'yektlari tashkil etildi.

Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik», – dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.

«Oltin-valuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.

«Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi.

Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobarga kamaytirildi. Natijada, rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi.
Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘proq yangiliklar: