2020 yil 24-26 yanvar kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor yog‘adi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dovonda vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinish 50 metrgacha pasayishi kutilyapti.
Shuningdek, ma'lumotda aytilishicha, shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin.