Andijonda «Tig‘» profilaktik tadbirlari davomida 85 ta o‘tkir tig‘li predmetlar olindi  

Jamiyat 17:42 / 23.01.2020 6791

Jamoat xavfsizligini ta'minlash hamda o‘tkir tig‘li jismlar orqali sodir etilayotgan turli jinoyatlarni oldini olish maqsadida Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan hududlarda «Tig‘» profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 2020 yilning o‘tgan yigirma kunligi davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan jami 85 ta o‘tkir tig‘li jismlar olingan.

22 yanvar kuni Andijon shahrining “Yangi bozor” hududida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik D.Mirzamamedov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkir tig‘li jismlarning ayanchli oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida profilaktik suhbatlar tashkil etildi. 

Unda yoshlarning o‘tkir tig‘li jismlarni yonida olib yurishlari ayanchli holatlar bilan yakunlanishi mumkinligi hayotiy misollar va ta'sirchan usullarda keng jamoatchilikka tushuntirildi.

Ko‘proq yangiliklar: